AQSH va YeI Xitoyga eksport cheklovlari joriy qilmoqchi

Olam

image
0:00
0:00
download

AQSH va YeI rasmiylari Rossiyaga qarshi sanksiyalar tajribasidan foydalangan holda Xitoyga nisbatan eksport cheklovlarini joriy etish imkoniyatini muhokama qilmoqda. Bu haqda “Bloomberg” agentligi xabar berdi. 

Qayd etilishicha, bunday taklif dekabr oyi boshida bo‘lib o‘tadigan AQSH va YeI o‘rtasidagi navbatdagi yuqori darajadagi savdo forumi kun tartibini tuzish chog‘ida bildirilgan.

"Ittifoqchilar Moskvaga eksportni cheklash bo‘yicha hamkorlik qilmoqda va Bayden ma’muriyati Xitoyga eksport qilishda o‘zining ikki tomonlama cheklovlarini amalga oshirish uchun bir xil ma’lumot almashish va ijroni muvofiqlashtirish usullaridan foydalanishni o‘rganmoqda", deyiladi xabarda.

Agentlikka ko‘ra, YeIning ba’zi a’zolari, shu jumladan, Germaniya Pekinni sherikdan ko‘ra ko‘proq raqibga aylangani uchun ittifoqqa Xitoyga bo‘lgan munosabatni qayta ko‘rib chiqishni taklif qilgan.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 30 oktyabr kuni AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken va Xitoy Tashqi ishlar vaziri Van I Vashington va Pekin o‘rtasida ochiq aloqa kanallarini saqlab qolish zarurligini muhokama qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

130

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing