AQSH va Xitoy qarama-qarshiligi butun dunyoni xavf ostida qoldiradi – Si Szinpin
Olam
−
10 Sentabr 2021
7426Rasmiy Pekin va Vashington o‘rtasidagi mojaro nafaqat ikki davlatga, balki butun dunyoga xavf tug‘diradi. Bu haqda Xitoy raisi Si Szinpin AQSH Prezidenti Jo Bayden bilan telefon muloqoti vaqtida aytib o‘tdi.
“Xitoy-AQSH hamkorligi har ikki tomonga va butun dunyoga foyda keltiradi. Xitoy va AQSH qarama -qarshiligi ikkala mamlakatga ham, butun dunyoga xavf tug‘diradi”, degan Si Szinpin.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bir muncha vaqt AQSHning Xitoyga nisbatan olib borgan siyosati Xitoy-Amerika munosabatlarida jiddiy qiyinchiliklarni yuzaga keltirgan.
“Bu ikki mamlakat xalqlarining tub manfaatlariga va dunyoning barcha davlatlarining umumiy manfaatlariga mos kelmaydi”, degan Xitoy yetakchisi.
Si Szinpin Xitoy va AQSH munosabatlarini tiklashi haqida fikr bildirib, bu nafaqat ikki davlatga, balki butun dunyoga bog‘liqligini ta’kidladi.
“Bu ikki davlat javob berishi kerak bo‘lgan asr savoli”, degan Si Szinpin.
Uning o‘zlariga ko‘ra, Pekin va Vashigton siyosiy iroda va mas’uliyatni namoyon etib, munosabatlarni normal rivojlanish yo‘liga qaytarishi kerak.
LiveBarchasi