AQSH va Kanada Xitoy bilan raqobat to‘g‘risida kelishib oldi

Olam

image

Amerika Qo‘shma Shtatlari va Kanada o‘z harakatlarini Xitoy bilan yaxshiroq raqobatlashish hamda ularning manfaatlari va qadriyatlariga tahdidlarga qarshi kurashish uchun muvofiqlashtiradi. Bu haqda AQSH Prezidenti Jo Bayden Kanada Bosh vaziri Jastin Tryudo bilan virtual uchrashuv yakunlari bo‘yicha xulosasida aytib o‘tdi.

Baydenning ta’kidlashicha, u Tryudo bilan Amerika va butun dunyoni “tashvishga soladigan masalalar”ni muhokama qilgan.

“Bunga Xitoy bilan yaxshiroq raqobatlashish hamda qadriyatlarimiz va manfaatlarimizni yaxshiroq himoya qilish uchun yondashuvlarimizni muvofiqlashtirish kiradi”, deydi u.

AQSH Prezidenti, shuningdek, Xitoyda hibsga olingan kanadaliklar Maykl Kovrig va Maykl Speyvorni ozod qilishda Kanadani qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

Ma’lumot uchun, Xitoy huquqni muhofaza qilish idoralari sobiq diplomat Maykl Kovrig va tadbirkor Maykl Speyvorni 2018 yil dekabr oyida hibsga olgan. Ular Pekin milliy manfaatlari uchun muhim bo‘lgan ma’lumotlarni o‘g‘irlashda ayblangan. 

Bu voqea avvalroq Vankuverda hibsga olingan Xitoyning Huawei kompaniyasining moliyaviy direktori Men Vanchjou bilan mojaro fonida yuz berdi. U AQSHning Eronga qarshi sanksiyalarini chetlab o‘tishga urinishda ayblangan. Vashington Ottava uni AQSHga topshirishini talab qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

85

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing