AQSH va Isroil Turkiyada “Kurdiston” yaratishga harakat qilmoqda – siyosatchi
Olam
−
21 may 2022
15461Turkiyaga tahdid NATOdan keladi, alyansning istalgan yo‘nalishda kengayishi Anqaraga tahdid soladi. Bu haqda RIA Novosti agentligiga Turkiya “Ona yurt” partiyasi bosh kotibi Dog‘u Perinchek ma’lum qildi.
“NATO va alyansning yashirin “Gladio” operatsiyasining yashirin amaliyotiga aloqador 25 mingga yaqin zobit 2016 yildagi davlat to‘ntarishiga urinishdan keyin turk armiyasidagi xizmatdan chetlashtirildi. Ular orasida yuzlab generallar bor, ularning bir qismi Turkiya qamoqxonalarida jazoni o‘tamoqda. Turkiyaga tahdid NATOdan keladi, bu haqiqat”, deydi siyosatchi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSH va Isroil Sharqiy O‘rtayer dengizida Turkiya uchun tahdidlar yaratib, “Kurdiston” yaratishga harakat qilmoqda.
“Turkiya atrofida qurilgan AQSH harbiy bazalarini qarangki , u yerda Amerika tanklari va jangovar samolyotlari to‘planadi. NATO AQSH homiyligida Turkiyaga tahdid solmoqda. NATOning Sharqqa, G‘arbga, istalgan yo‘nalishda kengayishi nafaqat Rossiya uchun, balki Turkiyaga ham tahdiddir. Turkiyaning SHHTdagi hamkorligi juda to‘g‘ri va keng qamrovli qadam. NATO Turkiya uchun xavf va dushmanlik. 1971, 1980, 2016 yillardagi Turkiyaga qilingan barcha bosimlar ortida NATO va AQSH turgan”, deydi Dog‘u Perinchek.
LiveBarchasi