AQSH va G‘arb Xitoydan xavfsiraydi – Putin

Olam

image

Xitoy yaqin 35-50 yil ichida AQSHni ortda qoldirib, dunyoning eng qudratli iqtisodiga ega davlatga aylanadi. Bu haqda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin an’anaviy tarzda o‘tkaziladigan matbuot anjumanida aytib o‘tdi.

Yevropa Ittifoqi va AQSH Xitoyning iqtisodiy rivojlanishidan xavfsirab, unga qarshi sanksiyalar qo‘llamoqda. Lekin Putin bu siyosatni xatolik deya ta’kidladi.

“Hozirda G‘arb mamlakatlari Xitoyning iqtisodiy o‘sishini susaytirishga urinmoqda. Ammo bu noto‘g‘ri siyosat. Ular siyosiy muammolarni hal qilish uchun sportdan foydalanishmoqda. Hech bir davlat Xitoyning rivojlanishini to‘xtata olmaydi, oxir-oqibat G‘arb buni tushunishi kerak.  Xitoy iqtisodiyot xarid qobiliyati bo‘yicha AQSH iqtisodiyotidan allaqachon o‘zib ketgan, 35-50 yil o‘tadi va Xitoy boshqa barcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha ham muqarrar ravishda dunyodagi birinchi iqtisodga aylanadi. Siz buni tushunishingiz kerak. Balki ular buni tan olgisi kelmayotgandir va shuning uchun Pekinda o‘tadigan qishki Olimpiya o‘yinlarini diplomatik boykot qilishmoqda”, dedi u.

Ma’lumot uchun, joriy yilning 6 dekabr kuni AQSH Pekin Olimpiadasiga diplomatik boykot e’lon qildi, bu Amerika rasmiylarini XXRga yubormaslikni nazarda tutadi. Boykot sportchilarga taalluqli emas. Ayni paytda AQSH tashabbusi Avstraliya, Britaniya, Yangi Zelandiya va Kanada tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. Xitoy bu qarorni Olimpiya Xartiyasiga zid ravishda siyosiy manipulyatsiya deb atadi va javob choralarini ko‘rishga va’da berdi.

Shuningdek, Yevropa Komissiyasi joriy yilning 1 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Xitoyning dunyoda ta’siri kuchayib borayotganligiga qarshi kurashish maqsadida, rivojlanayotgan mamlakatlar bilan aloqalarni mustahkamlash uchun 300 mlrd yevro mablag‘ ajratishga qaror qildi. Bu pullar 2027 yilgacha Bryussel (Yevropa Ittifoqi) tomonidan yaratilgan "Umumiy darvoza" (Global Gateways) loyihasi doirasida ishlatilishi rejalashtirilgan.

Doston Iskandarov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

302

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing