AQSH va Britaniyaga bog‘liq – Lukashenko urushni tugatish yo‘lini aytdi

Olam

image

Ukrainadagi mojaro bir hafta ichida hal qilinishi mumkin, ammo bunga AQSH va Buyuk Britaniya rozi bo‘lishi lozim. Bu haqda Belarus fuqarosi Aleksandr Lukashenko Amerikaning NBC telekompaniyasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Uning fikricha, Ukraina bo‘yicha muammolarni tezda hal qilish mumkin. Bu AQSH va Buyuk Britaniyaning muzokara stoliga o‘tirish zarurligini qay darajada tushunishi va unga rozi bo‘lishiga bog‘liq. Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy esa muzokaralar olib borishdan bosh tortmoqda.

Belarus rahbari, shuningdek, kim haq va kim nohaq ekanini aniqlashdan oldin, avvalo, mojaroga chek qo‘yish kerak, deb hisoblaydi.

“Bu yomon ekanligini bilamiz. Urush ko‘plab talafotlar olib kelmoqda, har kuni odamlar o‘lmoqda Men yaqinda dunyo muammo bilan band ekanligi va kim aybdor, degan savolga javob izlayotgani haqida aytdim. Shuningdek, urushni yakunlashni va har ikki tarafni muzokaraga chaqirishni taklif qilaman”, deydi Lukashenko nutqi yakunida.

Ma’lumot uchun, 4 oktyabr kuni Zelenskiy Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashining Rossiyaning amaldagi rahbari bilan muzokara olib borish mumkin emasligi haqidagi qarorini ijroga yo‘naltirdi. Ushbu vaziyatni sharhlar ekan, Rossiya TIV rasmiy vakili Ukraina Prezidenti farmonni G‘arbning buyrug‘i bilan imzolaganini ta’kidladi va u bu qarorning o‘zini Zelenskiyning boshi berk ko‘chada deb atadi. O‘z navbatida, Rossiya Federatsiyasi Prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov muzokaralar uchun ikki tomon zarurligini, shuning uchun Rossiya Ukrainaning amaldagi yoki keyingi Prezidentining Moskva bilan muloqot bo‘yicha pozitsiyasi o‘zgarishini kutishini aytdi.

Temur Jumayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

298

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing