AQSH Ukrainaga jo‘natayotgan harbiy yordami tarkibini ochiqladi
Olam
−
01 noyabr 2022
9928AQSH Mudofaa vazirligi Ukrainaga yangi 275 million dollarlik harbiy yordam paketini yubormoqda. Bu haqda Pentagon rasmiysi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, jami 275 million dollarlik o‘q-dorilar va boshqa harbiy vositalar Ukrainaga jo‘natiladi.
Xususan, ushbu harbiy yordam paketiga quyidagilar kirgan:
• HIMARS uchun qo‘shimcha o‘q-dorilar;
• 500 ta yuqori aniqlikdagi 155 mm artilleriya snaryadlari;
• 1300 dan ortiq tankga qarshi tizimlar (MAW, AT4 ko‘p maqsadli hujum qurollari);
• 125 Humvee armiya yuk mashinalari;
• to‘rtta sun’iy yo‘ldosh antennalari.
Pentagon rasmiysi, shuningdek, HIMARS ukrainaliklarga jang maydonidagi dinamikani o‘zgartirishda yordam berishda davom etayotganini ta’kidlagan.
Avvalroq, AQSHning Respublikachilar partiyasi a’zolari ichida Ukrainaga yordam ko‘rsatish borasida kelishmovchiliklar kuchayotgani haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi