AQSH Ukrainaga Rossiya hududigacha yetadigan raketa qurollari bermoqchi – OAV
Olam
−
27 may 2022
10636AQSH Prezidenti Jo Bayden ma’muriyati uzoq masofaga uchuvchi ilg‘or raketa tizimlarini yuborish orqali Ukraina qurol-yarog‘larini ko‘paytirishga hozirlik ko‘rmoqda. Bu haqda CNN xabar bergan.
Qayd etilishicha, AQSH ma’muriyati keyingi haftada yirik harbiy va xavfsizlik yordam paketini Ukrainaga yubormoqchi.
“Ukrainaning yuqori martabali amaldorlari, jumladan, Prezident Vladimir Zelenskiy so‘nggi haftalarda AQSH va uning ittifoqchilaridan MLRS (baravariga reaktiv otish tizimi) so‘ramoqda. AQSHda ishlab chiqarilgan qurol tizimlari raketalarni yuzlab kilometr masofaga uchirishi mumkin - bu Ukrainada mavjud bo‘lgan har qanday tizimdan yaxshiroq. Ukrainaliklarning fikricha, ushbu qurollar Rossiyaga qarshi urushda o‘yinni o‘zgartirishi mumkin”, deyilada xabarda.
Ukraina AQSH HIMARS deb nomlanuvchi yuqori harakatchan artilleriya raketa tizimini ham yetkazib berishni so‘ragan.
Ta’kidlanishicha, Ukrainada asosiy muammolardan biri raketa tizimlarining uzoq masofaga uchmasligi bo‘lgan. Baravariga yalpi hujum reaktiv tizimi (RSZO) va uning yengil vaznli versiyasi HIMARS o‘q-dorilari turiga qarab 300 kmgacha uchishi mumkin.
“Yerdagi nishonlarga hujum mobil texnikadan olib boriladi, bu ukrainaliklarning Rossiya hududidagi nishonlarga zarba berishini osonlashtiradi. Taxminlarga ko‘ra, Ukraina allaqachon Rossiya hududiga ko‘plab transchegaraviy zarbalar bergan, ukrainalik rasmiylar buni na tasdiqlaydi, na inkor qiladi.
Rossiya rasmiylari esa o‘z vatanlariga har qanday tahdid katta keskinlikni anglatishini ochiq e’lon qildi va G‘arb davlatlari ukrainaliklarni qurollantirishda davom etib, o‘zlarini urushda qonuniy nishonga aylantirayotganini aytdi”, deyiladi xabarda.
LiveBarchasi