AQSH Ukrainaga qo‘shimcha tanklar jo‘natolmasligini ma’lum qildi

Olam

image

Hozirda AQSHda Ukrainaga jo‘natish uchun qo‘shimcha Abrams M1 A2 tanklari yo‘q, transfer jarayoni bir necha oy davom etadi. Bu haqda Pentagon matbuot kotibi Sabrina Singx ma’lum qildi.

Singxning so‘zlariga ko‘ra, Pentagon “Ukraina uchun M1 A2 tanklarini sotib olishi” kerak bo‘ladi.

“Hozirda ukrainaliklarga topshirish uchun bizning inventarimizda Abrams tanklari yo‘q”, deydi Pentagon matbuot kotibi.

Prezident Jo Bayden 25 yanvar kuni Vashington Ukrainaga 31 ta Abrams tankini topshirish niyatida ekanligini aytgandi.

Eslatib o‘tamiz, 26 yanvar kuni AQSH harbiy texnikasi eksportidan qancha daromad ko‘rgani ma’lum bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing