AQSH Ukrainaga ikki samolyot qurol yetkazib berdi
Olam
−
13 fevral 2022
14853Bugun, 13 fevral kuni AQSHdan Ukrainaga o‘q-dorilarning yana bir partiyasi yetkazildi. Bu haqda Amerikaning Kiyevdagi elchixonasi xabar berdi.
“Bugun ertalab ikki samolyot Ukraina mudofaasini kuchaytirish uchun Amerikaning tezkor joylashtirish yordami bilan Kiyevga yetib keldi. 200 millionlik yordamning bu qismi o‘q-dorilar va granatamyot o‘qlaridir”, deb xabar bergan elchixona.
O‘z navbatida, Ukraina Mudofaa vaziri Oleksiy Reznikov Facebook’da Kiyevga AQSHdan 1,5 ming tonna harbiy yuk yetkazilganini ma’lum qildi.
“Ikkita samolyot - AQSHdan mudofaa yordami - Ukraina Qurolli kuchlari uchun 180 tonna o‘q-dori! Hammasi bo‘lib, biz umumiy og‘irligi deyarli 1,5 ming tonna bo‘lgan 17 ta “qush”ni oldik! Do‘stlarimiz uxlamaydilar!”, degan u.
Avvalroq Ukrainaga 15 ta harbiy yuk yuklangan samolyot yetib kelgan, AQSH elchixonasi ularni ham Ukraina armiyasiga yordam deb atagan. Hammasi bo‘lib Vashington Kiyevga 45 ta reys orqali harbiy yordam yetkazilishini e’lon qilgan.
O‘tgan hafta Ukraina Bosh vaziri Denis Shminal hukumat yig‘ilishida hamkor davlatlar allaqachon Kiyevga 1,5 milliard dollarlik harbiy yordam ko‘rsatganini aytdi.
Ukraina atrofidagi vaziyat kun sayin o‘zgarib bormoqda. AQSH va G‘arb davlatlari Rossiyani bosqinga tayyorlanishda ayblab kelyapti.AQSH Prezidenti Bayden shaxsan o‘zi Moskva 16 fevral kuni hujum boshlashini aytdi. 30 dan ortiq davlatlar fuqarolaridan Ukrainaga bormaslikni so‘ramoqda. AQSH Kiyevdagi elchixonasi xodimlarini evakuatsiya qilishni boshlagan.
O‘z navbatida, Moskva Ukrainaga bostirib kirishga tayyorgarlik ko‘rayotgani haqidagi ayblovlarni rad etmoqda. Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Rossiya urush holatida emasligini va Ukraina bilan urush qilish niyatida emasligini aytmoqda. Vazir, shuningdek, AQSH va uning ittifoqchilarini Rossiyaga qarshi “tashviqot kampaniyasi” boshlaganlikda ayblab, bunday harakatlar Kiyevni mamlakat sharqidagi vaziyatni harbiy yo‘l bilan hal qilishga undashidan ogohlantirdi.
LiveBarchasi