AQSH Ukrainaga Abrams tanklaridan so‘ng so‘ndirilgan uranli snaryadlar yetkazib beradi

Olam

image

AQSH Kiyevga Abrams tanklaridan so‘ng so‘ndirilgan uranli snaryadlar yetkazib beradi. Bu haqda Prezident Jo Bayden ma’muriyatiga tayanib, “The Wall Street Journal” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, bu masala 12 iyun, dushanba kuni AQSH rasmiylari bayonotida ilgari surilgan. Shuningdek, o‘q-dorilarning navbatdagi partiyasini yuborish ishlarini amalga oshirish uchun hech qanday to‘siq yo‘qligi aytilgan.

Pentagonning ta’kidlashicha, Qo‘shma Shtatlar Ukrainaga yetkazib bergan Abrams tanklarini amerikalik harbiylar tomonidan muntazam ravishda foydalaniladigan va rus tanklariga qarshi juda samarali bo‘lgan, so‘ndirilgan uranli snaryadlar bilan qurollantirish talab qilinadi. 

Yuqori tezlikda otilgan snaryadlar rus tanklarining frontal zirhini masofadan turib teshish va zararsizlantirish imkoniyatiga ega. Bu turdagi qurollar Kiyevga dastlab Buyuk Britaniya tomonidan yetkazib berilgandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH ukrainaliklarni Abrams tanklarini boshqarishga o‘rgatmoqchi ekanligi haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing