AQSH Ukrainaga 4,5 mlrd dollar berishi e’lon qilindi
Olam
−
22 noyabr 2022 4639 1 daqiqa
AQSH Moliya vaziri Janet Yellen bugun, 22 noyabr kuni Ukraina byudjetini qo‘llab-quvvatlash uchun Kiyevga 4,5 milliard dollar kredit ajratilishini e’lon qildi, mablag‘ni o‘tkazish yaqin haftalarda boshlanadi.
“Bugun AQSH Ukrainaga qo‘shimcha 4,5 milliard dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri byudjet yordamini ajratish orqali o‘zining majburiyatiga sodiq qolishda davom etdi. Bu mablag‘lar yaqin haftalarda ajratila boshlaydi”, deydi Yellen yozma bayonotida.
Uning aytishicha, moliyalashtirish iqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va asosiy davlat xizmatlarini qo‘llab-quvvatlashga, shu jumladan shifoxona xodimlari, davlat xizmatchilari, o‘qituvchilarga ish haqi to‘lash, keksalar va aholining zaif qatlamlariga ijtimoiy yordam ko‘rsatishga yordam beradi.
Live
BarchasiRossiyada o‘z chaqalog‘ini tashlab, qochib ketgan ayol bolasi bilan O‘zbekistonga qaytarildi
26 dekabr
Shavkat Mirziyoyev o‘zining oldingi va rahbarlarning hozirgi maoshida katta farq borligini aytdi
26 dekabr