AQSH Ukrainaga 150 million dollarlik yordam paketi ajratadi
Olam
−
12 iyun 2021
3399AQSH Ukrainaga xavfsizlik uchun 150 million dollar ajratdi. Bu haqda Pentagon vakili Jon Kirbi ma’lum qilgan. Bu rasmiy Vashingtonning Kiyevga joriy yilda xavfsizlik uchun ajratgan ikkinchi yordam paketi.
“Pentagon bugun Ukrainaning xavfsizligini mustahkamlash uchun 150 million dollarlik yangi yordam paketini e’lon qildi”, degan Kirbi.
AQSH Mudofaa vazirligi vakili joriy yilda AQSH Ukrainaga o‘z xavfsizligini ta’minlashda ikkinchi marta yordam berayotganini eslatgan — bundan oldin mart oyida Ukraina 125 million dollar miqdorida yordam olgan. Yangi yordam paketida Ukrainaga artilleriyaga qarshi radarlar, xavfsiz aloqalarni va tibbiy evakuatsiyani ta’minlash vositalari o‘tkaziladi.
Shuningdek, Kirbi AQSH Ukrainaga 2014 yildan beri 2,5 milliard dollarlik harbiy yordam yetkazib berganini ma’lum qilgan.
Avvalroq, Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyning devoni rahbari o‘rinbosari Andrey Sibiga Ukrainaning asosiy do‘stlarini e’lon qilib, ular orasida AQSHni birinchi o‘rinda ta’kidlagandi.
LiveBarchasi