AQSH Ukrainadagi elchixonasini qayta ochadi
Olam
−
15 may 2022
4057Amerika Qo‘shma Shtatlari yaqin kelajakda Ukraina poytaxtida o‘z elchixonasini qayta ochishni rejalashtirmoqda. Bu haqda AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken Berlinda NATOga a’zo davlatlar tashqi ishlar idoralari rahbarlarining norasmiy uchrashuvi yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.
“Kiyevdagi elchixonamizni qayta ochmoqdamiz. Biz barcha zarur choralarni ko‘ryapmiz, bunday ishlar davom etmoqda. Tez orada faoliyatimizni qaytadan boshlaymiz”, degan u.
Ma’lumot o‘rnida, joriy yil 13 fevraldan boshlab AQSH elchixonasidagi barcha konsullik xizmatlari to‘xtatilgan, 28 fevraldan esa AQSH Davlat departamenti Kiyevdagi elchixonasi faoliyatini to‘xtatgan edi.
LiveBarchasi