AQSH Ukrainadagi davlat to‘ntarishida qo‘li borligini tan olishi kerak – Polyanskiy
Olam
−
13 iyul 2022 14365 2 daqiqa
Amerika Qo‘shma Shtatlari 2014 yilda Ukrainada davlat to‘ntarishi o‘tkazishdagi rolini tan olishi kerak. Rossiyaning BMTdagi doimiy vakilining birinchi o‘rinbosari Dmitriy Polyanskiy shunday fikr bildirdi.
“AQSH Venesuela Prezidentini ag‘darishga uringanini hamma biladi. Endi biz Qo‘shma Shtatlarning 2014 yilgi Ukrainadagi noqonuniy “Maydan” to‘ntarishida muhim rol tan olinishini kutmoqdamiz, bu ham hech kimga sir emas”, deb yozgan u Twitter’da AQSH Prezidentining sobiq milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jon Boltonning xorijda davlat to‘ntarishi o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rishda qatnashganini tan olganini izohlab.
Eslatib o‘tamiz, Jon Bolton AQSHning sobiq Prezidenti Donald Trampning tarafdorlari 2021 yil yanvarida Kapitoliyga bostirib kirganiga izoh berib, chet davlatda to‘ntarish tayyorlashda qatnashganini tan olgandi.
Ma’lumot uchun, 2021 yilning 6 yanvarida respublikachi Tramp tarafdorlari 2020 yilning noyabrida o‘tkazilgan prezidentlik saylovi natijalarini tasdiqlashga to‘sqinlik qilish maqsadida Kongress binosiga bostirib kirgandi. Negaki saylovda demokrat Jo Bayden g‘alaba qozongandi. Bino ichidagi tartibsizliklar vaqtida politsiya bir namoyishchini otib o‘ldirgan. To‘qnashuvlardan keyin Kapitoliy politsiyasi xodimi halok bo‘lgan.
Tramp 2020 yilgi prezidentlik saylovi natijalaridan norozi bo‘lib, uzoq vaqt bahslashdi, u va boshqa respublikachilar ovoz berishda tizimli qoidabuzarliklar bo‘lganini da’vo qildi. Ular bir necha shtatlarda ovozlarni qayta sanab chiqishni talab qilib, sudlarga bir necha bor murojaat qilishgan. Biroq, respublikachilarning harakatlari muvaffaqiyatli bo‘lmadi, ularning da’volari sudlar, jumladan, AQSH Oliy sudi tomonidan rad etildi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025