AQSH Ukrainada sapyorlar tayyorlash uchun 47,6 million dollar ajratdi

Olam

image

AQSH Davlat departamenti Kaliforniyada joylashgan Tetra Tech kompaniyasiga minalarni tozalash va portlamagan o‘q-dorilarni utilizatsiya qilish bilan shug‘ullanishi kerak bo‘lgan ukrainalik mutaxassislarni tayyorlash uchun 47,6 million dollar ajratdi. Bu haqda AQSH Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Davlat departamenti ushbu mablag‘ni Tetra Tech kompaniyasiga hududni minalardan tozalashda Ukrainaga yordam ko‘rsatishini ta’minlash uchun ajratgan.

Kompaniyaning vazifasi Kiyevning minalar, portlamagan yoki tashlandiq o‘q-dorilar, qo‘lbola portlovchi qurilmalarni qidirish va tozalash imkoniyatlarini kengaytirish kerakligi ta’kidlangan.

"Tetra Tech ukrainalik mutaxassislarni o‘qitadi va ularni ishni bajarish uchun barcha zarur vositalar bilan ta’minlaydi", deyiladi Tashqi ishlar vazirligi xabarida.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Davlat departamenti Kiyevga minalardan tozalashda yordam berish uchun yil davomida jami 91 million dollar ajratmoqchi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

20

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing