AQSH uchun yangi xavf. Xitoy gipertovushli raketani sinovdan o‘tkazdi

Texnologiya

image

Joriy yilning avgust oyida Xitoy yadroviy qurol tashishga qodir gipertovushli raketani sinovdan o‘tkazib, AQSH razvedkasini hayratda qoldirdi. Bu haqda “Financial Times” xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, sinov paytida gipertovushli raketa nishondan atigi bir necha o‘n metrga chetga chiqib ketib, ko‘zlangan maqsadga erisha olmgan. Biroq, sinov shuni ko‘rsatdiki, Xitoy gipertovushli qurollarni ishlab chiqarishda hayratlanarli yutuqlarga erishdi va bu borada AQSHni ham lol qoldirdi. 

“Biz buni qanday amalga oshirganlari haqida hech qanday tasavvurga ega emasmiz”, degan AQSH razvedka jamiyati vakillaridan biri.

Nashrning ta’kidlashicha, raketa nazariy jihatdan Janubiy qutb ustidan uchib o‘tishi mumkin. Bu raketalarga qarshi mudofaa tizimlari shimoliy qutb yo‘nalishiga yo‘naltirilgan AQSH harbiylar uchun jiddiy muammoni yuzaga keltiradi.

Pentagon Xitoyning gipertovushli qurollarni sinovdan o‘tkazgani haqidagi xabarlarga izoh bermagan.

"Biz Xitoyning harbiy salohiyatidan xavotirdamiz. Bu mintaqada va undan tashqarida keskinlikni kuchaytiradi”, degan AQSH harbiy vakili Jon Kirbi.

O‘z navbatida, Xitoyning AQSHdagi elchixonasi vakili Liu Pengyu Pekinning harbiy siyosati mudofaa xarakteriga ega ekanligini ta’kidlagan. 

"Bizda AQSH kabi harbiy operatsiyalar bo‘yicha global strategiya va rejalar yo‘q. Bizni boshqa davlatlar bilan qurollanish poygasi qiziqtirmaydi. AQSH o‘zining gipertovushli qurol ishlab chiqishini oqlash maqsadida oxirgi yillarda “Xitoy xavfi” haqidagi uydirmani o‘ylab topgan”, deydi u.

Ma’lumot o‘rnida, Xitoyning maqsadi 2025 yilgacha gipertovushli uchish mexanizmini, shu jumladan samolyotni raketa tezligiga olib chiqa oladigan reaktiv dvigatelni ishlab chiqishdir.

2035 yilga qadar esa, Xitoy bir soat ichida dunyoning istalgan joyiga o‘n nafar yo‘lovchini yetkazib qo‘ya oladigan gipertovushli samolyotlar parkini yaratmoqchi. Nihoyat, 2045 yilga kelib Xitoy bu samolyotlarning har bir reysida 100 dan ortiq yo‘lovchilarni tashishi kutilmoqda.

Gipertovushli samolyotlar asosan havodagi kislorod orqali harakatlanadi. Shuning uchun u yoqilg‘ining yuzdan bir qismini sarflaydi. Natijada, Xitoy past orbitaga, Oyga yoki kosmik stansiyalarga yiliga 10 ming tonnadan ortiq yuk va 10 mingdan ortiq yo‘lovchilarni tashish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

524

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing