AQSH Turkiyada yuz bergan zilziladan qattiq xavotirda ekanligini bildirdi

Olam

image

Avval xabar berganimizdek, bugun, 6 fevral kuni Turkiya janubi-sharqida 7,4 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Zilzilada talafot ko‘rgan hududlarga Amerika Qo‘shma Shtatlari Turkiyaga yordam berishga tayyorligini bildirdi. Bu haqda davlat rahbarining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivan ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Pezident Jo Bayden rasmiylarga imkoniyatlardan kelib chiqib yordam berish mumkin bo‘lgan variantlarni baholashni buyurgan. 

“Qo‘shma Shtatlar Turkiya va Suriyadagi bugungi dahshatli zilzila haqidagi xabarlardan qattiq xavotirda. Biz har qanday kerakli yordamni ko‘rsatishga tayyormiz”, deya ta’kidlagan rasmiy maslahatchi.

Sallivanning so‘zlariga ko‘ra, Bayden AQSH xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) va boshqa hokimiyat vakillariga zilziladan jabrlanganlarga yordam berish choralarini ko‘rishni buyurgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing