AQSH Tojikistonga harbiy yordam beradi

Olam

image

Vashington yaqin ikki yil ichida Tojikistonga xavfsizlik uchun 60 million dollardan ortiq mablag‘ ajratadi. Bu haqda AQSHning Tojikistondagi elchisi Jon Mark Pommershaym ma’lum qilgan

Qayd etilishicha, ushbu yordam doirasida AQSH hukumati Tojikistonga chegara hududlarida mamlakat havo hududini kuzatish uchun Puma razvedkachi dronlarini yetkazib beradi. 20 million dollarlik kelishuv tafsilotlari hozirda ikki davlat tomonidan muhokama qilinmoqda.

Elchiga ko‘ra, Afg‘oniston shimolida joylashgan terrorchilik guruhlari mamlakatdan tashqarida teraktlar uyushtirmoqchi. Biroq, AQSH Tojikiston hududida harbiy baza yaratish niyatida emas.

Bundan tashqari, Jon Mark Pommershaym AQSH Tojikiston-Afg‘oniston chegarasida post, shuningdek, aynan shu yerda 900 nafar harbiy xizmatchi va ularning oila a’zolariga mo‘ljallangan chegara otryadini qurish niyatida ekanini aytgan.

Ma’lumot o‘rnida, Puma dronlari urush zonasidagi bo‘linmalarga real vaqtda razvedka ma’lumotlarini to‘plash imkonini beradi. Qurilma quruqlikda va dengizda ishlatilishi mumkin. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 7 may kuni Afg‘onistonning Taxor viloyatining Xo‘jag‘or tumanida “Tolibon” harakati va ISHID a’zolari o‘rtasida qurolli to‘qnashuv sodir bo‘lgandi. 

To‘qnashuv vaqtida “Tolibon” tomonidan uchirilgan raketalar Tojikiston hududiga tuo‘gan. Jami 7 ta raketa uchirgan bo‘lib, shundan 4 ta snaryad Pyanj daryosiga tushgan, yana 3 tasi G‘alaba o‘rmoniga kelib tushgan. 

Tojikiston Respublikasi Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi  ushbu ob’ektlar Tojikiston davlat chegarasi yaqinida joylashgan bo‘lib, snaryadlar tasodifan mamlakat hududiga kelib tushganini ma’lum qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

252

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing