AQSH sun’iy yo‘ldoshlari Rossiya nishoniga aylanishi mumkin – Rasmiy Moskva

Olam

image

AQSHning tijoriy sun’iy yo‘ldoshlari, agar Ukrainadagi mojaroning bir qismi sifatida joylashtirilsa, zarba berish uchun qonuniy nishonga aylanishi mumkin. Bu haqda BMT Bosh Assambleyasi birinchi qo‘mitasi yig‘ilishida Rossiya Tashqi ishlar vazirligining Yadro qurollarini tarqatmaslik va nazorat qilish departamenti direktori o‘rinbosari Konstantin Voronsov ma’lum qildi

“Ukrainadagi voqealar jarayonida yaqqol namoyon bo‘lgan o‘ta xavfli tendensiyani alohida ta’kidlamoqchimiz. Gap AQSH va uning ittifoqchilari tomonidan kosmosdagi fuqarolik infratuzilmasi tarkibiy qismlaridan, jumladan, qurolli to‘qnashuvlarda tijoriy komponentlardan foydalanishi haqida bormoqda”, deydi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, kvazi-fuqarolik infratuzilmasi qasos olish uchun qonuniy nishon bo‘lishi mumkin.

“G‘arbning harakatlari oqibatida tinch kosmik faoliyatning barqarorligi, shuningdek, yer yuzida odamlar farovonligiga bog‘liq bo‘lgan ko‘plab ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar, birinchi navbatda, rivojlanayotgan mamlakatlarda xavf-xatarlarga duchor bo‘lmoqda”, deydi Voronsov.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

446

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing