AQSH harbiylarini Somalidan butunlay chiqarib tashladi

Olam 2549
image

AQSH Prezidenti Donald Trampning buyrug‘iga binoan, AQSH Qurolli Kuchlari bo‘linmalarining Somalidan chiqarilishi to‘liq yakunlandi. Bu haqda bugun, 18 yanvar kuni “Associated Press” xabar berdi.

“Chekinish ushbu operatsiya davomida Ash-Shabob jangchilari tomonidan bizning kuchlarimizga hujum qilish uchun qilingan katta sa’y-harakatlarga qaramay, jiddiy jarohatlar [harbiylar] yoki texnikalarning yo‘qotilishisiz amalga oshirildi”, deyiladi xabarda.

Somali qirg‘oqlaridan kuch va texnikalarni evakuatsiya qilish uchun AQSH dengiz kuchlarining maxsus guruhi tuzilgan, uning tarkibiga “USS Nimitz” samolyot tashuvchisi ham kiritilgan. U operatsiya maydoniga 21 dekabr kuni yetib kelgan. Yuzlab maxsus kuchlar bo‘lgan AQSH harbiy-dengiz kuchlarining “USS Makin Island” desant kemasi tomonidan Amerika kontingentini olib chiqib ketish ishlari qo‘llab-quvvatlangan.

AQSH Prezidenti Tramp o‘tgan yilning 4 dekabrida 2021 yil boshigacha Somalidan deyarli barcha Amerika qo‘shinlarini olib chiqishni buyurgandi. AFRICOM qo‘mondonligi hozirda Somalida bo‘lgan 700 ga yaqin AQSH harbiylari ushbu mamlakat hududidan olib chiqilganini e’lon qildi. Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, ularning aksariyati Jibutidagi AQSH dengiz ekspeditsiya bazasi – Kemp-Lemonega ko‘chirilgan. Ayni paytda Afrikada 6 minggacha AQSH harbiy xizmatchilari bor.

Umidjon Nozimjonov
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 85
Reyting: 2.9
t
×