AQSH salkam 3 oydan keyin Kiyevdagi elchixonasini qayta ochdi

Olam

image

Kecha, 18 may kuni AQSHning Kiyevdagi elchixonasi rasman ochildi. Bu haqda AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “Interfax” nashri

“O‘sha kun keldi. Bugun biz AQSHning Kiyevdagi elchixonasida rasman ish boshladik”, deydi Blinken o‘z bayonotida.

Uning qayd etishicha, elchixona binosi ustida yana AQSH bayrog‘i ko‘tarilgan. Qo‘shma Shtatlar Davlat kotibi, shuningdek, Kiyevga qaytayotgan diplomatik xodimlar xavfsizligini ta’minlash uchun qo‘shimcha choralar ko‘rilganiga ham ishora qildi.

“Biz Ukraina xalqi va hukumati bilan hamkorlik qilishga sodiqligimizni yana bir bor tasdiqlaymiz”, deyiladi bayonotda.

Aprel oyi oxirida Blinken Amerikaning Kiyevdagi elchixonasi keyingi “bir-ikki hafta” ichida ishini tiklashi mumkinligini aytgandi. AQSH Davlat kotibining ta’kidlashicha, Vashington bu masalada “ehtiyotkorlik bilan” harakat qilmoqda va amerikalik diplomatik xodimlar xavfsizligini ta’minlash ustuvor vazifa bo‘lib qolmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, joriy yil 13 fevraldan boshlab AQSH elchixonasidagi barcha konsullik xizmatlari to‘xtatilgan, 28 fevraldan esa AQSH Davlat departamenti Kiyevdagi elchixonasi faoliyatini to‘xtatgan edi.

Kamronbey Kenjayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

17

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing