AQSH rus moliya xodimlarini Putinning vahshiyliklariga sheriklikda aybladi
Olam
−
24 fevral 2023
3755AQSH Moliya vaziri Janet Yellen Hindistonda bo‘layotgan G20 moliya yetakchilari yig‘ilishida qatnashgan rossiyalik amaldorlarni Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishidagi vahshiyliklarga sheriklikda aybladi. Bu haqda “Reuters” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, Yellen Rossiya bosqinining bir yilligi munosabati bilan qilgan chiqishida G20 dagi hamkasblarini Ukrainani qo‘llab-quvvatlash va Rossiyaning urush olib borish imkoniyatlarini cheklash bo‘yicha sa’y-harakatlarini ikki baravar oshirishga chaqirgan.
“Men G20 dagi rossiyalik amaldorlarni Kreml uchun qilayotgan ishlari ularni Putinning vahshiyliklariga sherik qilishini tushunishga chaqiraman. Ular Ukrainada olib borilayotgan urush, qurbonlar va global miqyosdagi zarar uchun javobgardir”, degan Yellen.
Shuningdek, u Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning oziq-ovqat va energiyani “qurolga aylantirishi” nafaqat Ukraina, balki jahon iqtisodiyoti va ayniqsa, rivojlanayotgan mamlakatlarga zarar yetkazganini aytgan.
Ta’kidlash joizki, tadbirga mezbonlik qilayotgan Hindiston kirish nutqida bir yildan beri davom etayotgan urush haqida fikr bildirishdan qochgan.
Masalan, Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi moliya rahbarlarini dunyoning eng zaif fuqarolariga e’tibor qaratishga chaqirgan. Unining ta’kidlashicha, SOVID-19 pandemiyasi va dunyoning turli burchaklarida ortib borayotgan geosiyosiy taranglik bir necha mamlakatlarda barqaror qarz darajasi oshishiga, global ta’minot zanjirlarining uzilishiga hamda oziq-ovqat va energiya xavfsizligidagi tahdidlarga olib kelgan.
Ma’lumot uchun, G20 blokiga G7 mamlakatlari bilan birga Rossiya, Xitoy, Hindiston, Braziliya, Saudiya Arabistoni kabi davlatlar kiradi. Tadbirning boshqa ishtirokchilardan farqli o‘laroq yig‘ilishda Moskva tomonidan Rossiya Moliya vaziri Anton Siluanov va Markaziy bank rahbari Elvira Nabiullina emas, balki ularning o‘rinbosarlari ishtirok etgan.
Alibek Beyjanov
LiveBarchasi