AQSH Rossiyaga nisbatan siyosatida “Sovuq urush” davrida qolib ketgan – Antonov

Olam

image

Amerika hukumati Rossiyaga nisbatan siyosatida hamon “Sovuq urush” mantig‘iga amal qilmoqda. Bu fikrni Rossiyaning Vashingtondagi elchisi Anatoliy Antonov “Newsweek” jurnalida chop etilgan maqolasida aytib o‘tdi.

“Vashington doimiy ravishda Rossiya bilan raqobat orqali o‘zini ko‘rsatishi kerak, degan taassurot paydo bo‘ladi. Go‘yo SSSRning “arvohi” hamon Amerika poytaxtidagi hokimiyat yo‘laklarida yashayotgandek, “Sovuq urush” esa umuman tugamagandek”, deb yozadi u.

Antonovning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainadagi mojaro kontekstida Vashington demokratik dunyo qadriyatlariga putur yetkazuvchi “tashqi dushman” qiyofasida gavdalanadi.

“Sovet Ittifoqi parchalanganidan keyin o‘nlab yillar davomida Qo‘shma Shtatlar Ukraina hududida Rossiyaga qarshi tayanch o‘rnatish uchun maqsadli ishladi. Nodavlat notijorat tashkilotlari va hukumat qarorlarini qabul qilish jarayonlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aralashuvi orqali amerikaliklar, hatto, maktab o‘quvchilari ham rus tilidagi hamma narsaga dushmanlik bilan munosabatda bo‘lishlarini ta’minlashga yordam berdi", deydi Rossiya diplomatik missiyasi rahbari.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

264

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing