AQSH Rossiyaga qarshi urush boshlaydimi? Bayden javob berdi
Olam
−
11 mart 2022
28599Amerika Qo‘shma Shtatlari Ukrainada Rossiyaga qarshi harbiy harakatlar boshlamoqchi emas, balki kerak bo‘lsa, NATO ittifoqchilari hududini himoya qiladi. Bu haqda AQCH Prezidenti Jo Bayden bugun, 11 mart kuni Oq uyda Ukraina atrofidagi vaziyat yuzasidan nutq so‘zlagan holda ma’lum qildi.
"Biz Ukrainada Rossiyaga qarshi urush ochmaymiz. NATO va Rossiya o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri qarama-qarshilik uchinchi jahon urushidir va biz uni boshlamasligimiz kerak", deydi Amerika rahbari.
“[Ammo] biz Yevropadagi ittifoqchilar bilan [yelkama-yelka] turishda davom etamiz va aniq xabar yuboramiz: biz NATO hududining har bir dyuymini to‘liq kuch bilan – birlashgan va NATOning yangi energiyasini namoyish qilgan holda himoya qilamiz”, deydi Bayden.
U jurnalistlarning Vashingtonda Rossiyaning Ukrainada kimyoviy qurol qo‘llash tahdidi haqidagi ba’zi G‘arb davlatlarining da’volarini tasdiqlovchi ma’lumotlar bor-yo‘qligi haqidagi savoliga to‘g‘ridan-to‘g‘ri javob bermagan.
"Men razvedka ma’lumotlari haqida gapirmayman. Biroq, agar Rossiya kimyoviy qurol ishlatsa, yuqori badal to‘laydi", deydi AQSH ma’muriyati rahbari.
Ukrainaga qurol yetkazib berish
Bayden, shuningdek, Qo‘shma Shtatlar Vashingtonning xorijiy ittifoqchilari va hamkorlariga Ukrainaga katta miqdorda qurol-yarog‘ va harbiy texnika yetkazib berishda yordam berayotganini ta’kidladi.
“Biz AQSHda ham ittifoqchi va hamkorlarimizdan Ukrainaga katta miqdorda harbiy yordam yetkazib berishda yordam beramiz”, dedi AQSH rahbari.
Uning eslatishicha, o‘tgan yil davomida Vashington Kiyevga 1 milliard dollardan ortiq miqdorda harbiy yordam ko‘rsatgan, jumladan, tanklar, samolyotlar va vertolyotlarni yo‘q qiladigan havo mudofaa tizimlari va tankga qarshi qurollar.
LiveBarchasi