AQSH Rossiyaga qarshi iqtisodiy urush olib bormoqda – Peskov
Olam
−
09 mart 2022
8091Amerika Qo‘shma Shtatlari amalda Rossiya bilan iqtisodiy urush olib bormoqda. Bu haqda Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning Matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.
“AQSH Rossiyaga qarshi iqtisodiy urush e’lon qildi, u bu urushni amalda olib boryapti. Ha, de-fakto shunday”, deydi u.
Kreml vakilining so‘zlariga ko‘ra, Rossiyada iqtisodiyotdagi vaziyatni barqarorlashtirish uchun tizimli, jiddiy va puxta o‘ylangan chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.
“Rossiya bozorini tark etgan xorijiy korxonalarni milliylashtirish borasida parlament a’zolarining takliflari bo‘yicha Kremlda shakllangan pozitsiya yo‘q. Hukumat qarorgohida sanksiyalarga javob berish va voqealarni rivojlantirishning barcha variantlari ishlab chiqilmoqda”, deydi Peskov.
Bundan tashqari Dmitriy Peskov Rossiya jahon darajasidagi energiya xavfsizligining ishonchli kafolati bo‘lgan va shunday bo‘lib qolishini ham alohida qayd etdi.
LiveBarchasi