AQSH Rossiyada teraktlar bo‘lishidan ogohlantirdi

Olam

image

AQSHning Rossiyadagi elchixonasi teraktlar xavfi tufayli Amerika fuqarolarini jamoat joylaridan uzoqroq yurish kerakligi haqida ogohlantirdi.

“OAV ma’lumotlariga ko‘ra, yirik shaharlar, jumladan, Moskva va Sankt-Peterburgdagi savdo markazlari, temir yo‘l va metro bekatlari, shuningdek, odamlar gavjum bo‘lgan boshqa joylarga, shuningdek, Rossiyaning Ukraina bilan chegarasidagi keskinlik yuqori bo‘lgan hududlarga hujum qilish xavfi mavjud. “, deyiladi xabarda.

Shu munosabat bilan amerikalik diplomatlar vatandoshlarga olomondan saqlanishni, ommaviy axborot vositalari xabarlariga rioya qilishni va hushyor bo‘lishni tavsiya qilmoqda. Shuningdek, shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarni olib yurish va “AQSH hukumati yordamidan mustaqil evakuatsiya rejasiga ega bo‘lish” tavsiya etildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

542

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing