AQSH Rossiya va Xitoyga qarshi turish uchun yadro arsenalini kengaytiradimi?

Olam

image

AQSH Prezidenti Jo Bayden boshchiligidagi Amerika ma’muriyati Rossiya va Xitoy bilan qurollanish poygasini istamaydi va mamlakat yadroviy arsenalini kengaytirmoqchi emas. Bu haqda kecha, 27 oktyabr kuni AQSH Davlat kotibining qurol nazorati va xalqaro xavfsizlik bo‘yicha o‘rinbosari Bonni Jenkins ma’lum qildi.

“Ko‘proq qurol ishlab chiqarish bu yechim emas, degan bo‘lardim”, degan Jenkins Vashingtondagi Karnegi jamg‘armasida bo‘lib o‘tgan seminarda nega AQSH bir vaqtning o‘zida Rossiya va Xitoy bilan raqobatlasha olishi uchun o‘z yadroviy arsenalini kengaytirishni boshlamasligi kerakligi haqidagi savolga javob berib.

Jenkins Vashington va Moskva allaqachon qurollanish poygasidan o‘tganini eslatdi.

“Aytishim mumkinki, bizda qurollanish poygasi bor edi. Va endi biz qurol yaratish uchun milliardlab dollar sarflash va [keyin] ularni yo‘q qilish uchun milliardlab dollar sarflash holatidamiz. Bu ssenariyga qaytish qandaydir savollarga javob beradi deb o‘ylamayman”, deydi amerikalik diplomat.

Uning nuqtai nazari bo‘yicha, Vashington, shubhasiz, xalqaro vaziyatni ehtiyotkorlik bilan baholashi, “tiyib turuvchilik salohiyatini kuchaytirishi” va boshqa narsalar qatori, chet eldagi ittifoqchilarni yadroviy soyabon bilan imkon qadar kengroq qamrab olishi kerak. Uning fikricha, ba’zi amerikalik ekspertlarning AQSH yadroviy arsenalini kengaytirishga chaqirishlari “og‘ir davr” bilan bog‘liq.

“Ammo, biz shunga o‘xshash biror narsa qilishdan oldin, bizda borligiga ishonchim komil bo‘lmagan pulni sarflashdan oldin, biz ko‘proq o‘ylashimiz kerak”, deya qo‘shimcha qildi Jenkins.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

119

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing