AQSH Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi munosabatlar yaxshilanishidan xavotir bildirdi  

Olam

image

AQSH Ukrainada Rossiya bosqini boshlanganidan keyin Xitoy va Rossiya munosabatlari yaxshilanishidan xavotirda. Bu haqda bugun, 18 fevral kuni AQSH vitse-prezidenti Kamala Xarris Germaniyaning Myunxen shahrida bo‘lib o‘tayotgan 59-xavfsizlik konferensiyasida so‘zlagan nutqida ma’lum qildi.

“Biz Rossiyaning Ukrainaga bosqini boshlanganidan keyin Pekinning Moskva bilan munosabatlari yaxshilanayotganidan xavotirdamiz. Biz Rossiyani qurol-yarog‘ bilan ta’minlovchi Shimoliy Koreya va Eron kabi davlatlar borligini ham ko‘ryapmiz”, degan Kamala Xarris.

Ta’kidlash joizki, o‘tgan yilning dekabr oyi oxirida AQSH Davlat departamenti Vashington Pekinning Moskvaga harbiy yordam ko‘rsatish va sanksiyalarni chetlab o‘tishda tizimli imkoniyatlari nuqtai nazaridan diqqat bilan kuzatayotganini bildirgan edi. AQSH rasmiylari Xitoy hukumatini Pekin tomonidan bunday qadamlar qo‘yilgan taqdirda chora ko‘rishga tayyorligi haqida ogohlantirganini ham ta’kidlagan.

Eslatib o‘tamiz, hozirda Germaniyaning Myunxen shahrida 59-xavfsizlik konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Ukrainadagi urush forumning asosiy mavzusi bo‘lib turibdi. Tadbirda AQSH tomonidan vitse-prezident Kamala Xarris va Davlat kotibi Entoni Blinken, Xitoy tarafdan Kommunistik partiya markaziy qo‘mitasi tashqi ishlar komissiyasi devonxonasi rahbari Van I, Germaniya kansleri Olaf Shols va Buyuk Britaniya Bosh vaziri Rishi Sunak kabi dunyo liderlari ishtirok etmoqda.

Alibek Beyjanov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing