AQSH Rossiya sabab Eronga sanksiyalar bilan tahdid qildi

Olam

image

Eron tomoni Rossiyaga uchuvchisiz uchish apparatlarini topshirsa, AQSH va uning ittifoqchilari Tehronga qarshi yangi sanksiyalar qo‘llaydi. Bu haqda davlat departamenti matbuot kotibi Ned Prays kecha, 18 iyul kuni bo‘lib o‘tgan brifingda aytib o‘tdi.

“Biz Eron tomonidan Rossiyani uchuvchisiz texnologiyalar bilan ta’minlanishi borasida o‘z xavotirlarimizni allaqachon bildirgan edik. Biz vaziyatni kuzatishda davom etamiz. Shu bilan birga, barcha sanksiyalarimiz o‘z kuchida qoladi. Bu turdagi har qanday operatsiya bizning zaxiradagi cheklovlarimizning, shu bilan birga dunyoning boshqa davlatlari tomonidan qo‘shimcha sanksiyalar qo‘llanishiga olib keladi”, deydi Prays.

Eslatib o‘tamiz, AQSH Prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha yordamchisi Jeyk Sallivan Oq uydagi brifingda Eron Ukrainadagi urushda foydalanishi uchun Moskvaga yuzlab dronlar yuborishga tayyorlanayotganini aytib o‘tgandi.

Abdulvohid Yoqubov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

216

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing