AQSH Rossiya kiberhujum uyushtirishidan qo‘rqmoqda
Olam
−
08 iyun 2022
10146AQSH hukumati Rossiyadan Amerika kompaniyalariga kiberhujumlar tahdidi yuqoriligicha qolmoqda, deb hisoblaydi. Bu haqda “The Wall Street Journal” Amerika ma’muriyatining kiberxavfsizlikni ta’minlash uchun mas’ul bo‘lgan vakillariga tayanib, xabar berdi.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, AQSH infratuzilmasi va kiberxavfsizlik agentligi rahbari Jen Isterli Rossiya-Ukraina urushi boshlanganidan beri AQSH infratuzilmasi ob’ektlariga yirik kiberhujumlarning yo‘qligi tahdid darajasining pasayishini anglatmaydi degan fikrni bildirdi. Uning fikriga ko‘ra, “zararli kiberaktivlik Rossiya taktikasining bir qismidir”.
Shu bilan birga, Oq uyning kiberxavfsizlik idorasi direktori Kris Inglis RF kiber tahdidi haqida gapirib, AQSHning xavotirlari razvedka ma’lumotlariga asoslanganligini ta’kidladi.
“Strategik tahdid borasida yetarli darajada ishonchimiz komil”, deydi u.
Shu bilan birga, Amerika milliy xavfsizlik agentligi kiberxavfsizlik boshqarmasi boshlig‘i Rob Joys, “tahdid bor edi va shundayligicha qolmoqda”, degan fikrda.
“Ruslar biz ehtiyot bo‘lishimiz kerak bo‘lgan imkoniyatlarga ega, ular kiberxujumni qo‘llash yoki qo‘llamaslik haqida qaror qabul qilish va qachon amalga oshirishni hal qilish bosqichida”, dedi u.
LiveBarchasi