AQSH Rossiya bilan urushayotgani yo‘q – Davlat departamenti
Olam
−
17 dekabr 2022
4316Qo‘shma Shtatlar Rossiya bilan urushayotgani yo‘q, lekin Ukraina o‘zini, hududiy yaxlitligi va suverenitetini himoya qila olishi uchun unga xavfsizlik bo‘yicha yordam ko‘rsatish niyatida. Bu haqda Davlat departamenti matbuot kotibi o‘rinbosari Vedant Patel kecha, 16 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qildi.
“Biz Ukrainani qo‘llab-quvvatlash va Ukrainaning hududiy yaxlitligi va suverenitetini himoya qilish borasidagi sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlash uchun qo‘limizdan kelgan barcha ishni qilishda davom etamiz”, deydi Patel.
Biroq, Patelning so‘zlariga ko‘ra, buni Qo‘shma Shtatlar tomonidan Ukraina harbiylarining Rossiya ichidagi nishonlarga zarba berishini ma’qullash deb tushunmaslik kerak.
“Men bu haqda gapirmayapman. Biz butun mojaro davomida Ukrainaning hududiy yaxlitligini, suverenitetini himoya qilish va Rossiya noqonuniy bostirib kirgan va noqonuniy bosib olgan Ukrainaga tegishli hududni himoya qilish borasidagi sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashimizni aniq aytdik”, deydi u.
Uning urg‘ulashicha, AQSH Rossiya bilan urushmayapti va hech qachon urushgan emas.
“Biz Prezident Bayden Prezident Putinga aytganini qilyapmiz. Ya’ni, agar Rossiya Ukrainaga hujum qilsa, biz Ukrainaga xavfsizlik yordamini ko‘rsatamiz. Biz ham Rossiyani sanksiyalar, eksport nazorati va boshqa choralar orqali javobgarlikka tortish choralarini ko‘rdik, ba’zilarini kecha e’lon qildik”, deydi Putel.
Uning qayd etishicha, to‘qqiz oylik mojaro davomida Rossiya Ukrainaning energetika infratuzilmasi bilan bog‘liq bo‘lgan 200 dan ortiq nishonga zarba berib, ukrainalik tinch aholini qish o‘rtasida muzlash, ochlik va uy-joylarini tark etish bilan tahdid qilgan.
LiveBarchasi