AQSH Rossiya banklarining 80 foiziga qarshi sanksiyalar kiritdi

Olam

image

Amerika Qo‘shma Shtatlari ma’muriyati Rossiya bank sektorining 80 foiziga qarshi sanksiyalar kiritdi. Bu haqda AQSH moliya vazirligi ma’lumotlariga tayanib, TASS xabar berdi. 

Qayd etilishicha, Ukrainada urush boshlanganidan beri 2,4 mingga yaqin jismoniy va yuridik shaxslar AQSH cheklovlari ostida qolmoqda.

Rossiya Federatsiyasiga nisbatan cheklovlar bo‘yicha statistik ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatning 10 ta yirik banki va bank sektorining 80 foizdan ortiq aksiyalariga cheklovlar e’lon qilingan. 

AQSH Moliya vazirligi axborotlariga ko‘ra, urush boshlanganidan beri 1000 dan ortiq xorijiy kompaniyalar Rossiyada o‘z faoliyatini to‘xtatgan yoki qisqartirgan.

O‘tgan yil davomida vazirlik Yevropa, Afrika va Osiyodan Rossiya Federatsiyasiga “sanksiyalarni chetlab o‘tish”da yordam berayotgan 200 dan ortiq shaxslarni qora ro‘yxatga kiritdi.

Amerika departamenti Belarus moliya tizimining deyarli 5 dan 1 qismiga cheklovlar qo‘ydi. Bundan tashqari, 115 ga yaqin kema va 19 ta samolyot ham qora ro‘yxatdan joy olgan. 

Bundan tashqari, Moliya vazirligi tomonidan sanksiyalardan ozod qilingan 68 ta litsenziyalar mavjudligi e’lon qilindi va shu turdagi hujjatlarning 40 tasiga o‘zgartirishlar kiritildi.

Umida Muxtorbekova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing