AQSH Putinning yoniga ayol kishini elchi qilib yubormoqchi

Olam

image

AQSH Senatining tashqi ishlar qo‘mitasi kecha, 7 dekabr kuni Linn Treysi nomzodini AQSHning Rossiyadagi elchisi lavozimiga tavsiya qildi. 

Treysining tayinlanishi endi to‘liq Senat tomonidan ko‘rib chiqilishi kerak. Agar yuqori palata tasdiqlasa, Treysi AQSHning Moskvadagi yangi elchisi sifatida qasamyod qiladi. Senatda ovoz berish sanasi hali belgilanmagan. 

AQSH Prezidenti Jo Bayden sentyabr oyida Rossiyadagi Amerika diplomatik missiyasi rahbari lavozimiga Treysini nomzodini ilgari surgan edi. 

Treysi yaqin vaqtgacha u AQSHning Armanistondagi diplomatik missiyasini boshqargan. Yerevandagi elchi bo‘lgunga qadar u Davlat departamentining Yevropa va Yevroosiyo masalalari bo‘yicha byurosida Rossiya masalalari bo‘yicha katta maslahatchi bo‘lib ishlagan, undan oldin esa Rossiyada ishlagan – 2014-2017 yillarda u o‘sha paytda elchi bo‘lgan Jon Tefftning o‘rinbosari edi. Bungacha Treysi AQSH Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha yordamchisining birinchi o‘rinbosari va Oq uy Milliy xavfsizlik kengashida Markaziy Osiyo bo‘yicha direktor lavozimlarida ishlagan. U rus tilida gaplasha oladi. 

Amerikaning Rossiyadagi elchisi lavozimi hozircha bo‘sh: Jon Sallivan 4 sentyabr kuni Moskvadan qaytdi. U bu lavozimga 2019 yilning dekabrida AQSHning avvalgi Prezidenti, respublikachi Donald Tramp tomonidan tayinlangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Linn Treysi

Baholaganlar

140

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing