AQSH Putinning so‘zlaridan to‘lqinlanib ketdi – Bayden

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning global iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash bo‘yicha sammitda yo‘llagan chaqiriqlari AQSHni to‘lqinlantirib yubordi, Vashington bu sohada Moskva bilan hamkorlik qilishga tayyor. Bu haqda bugun, 23 aprel kuni AQSH Prezidenti Jo Bayden Amerika ma’muriyati tashabbusi bilan tashkil etilgan ushbu sammitning oxirgi kunidagi murojaatida so‘zlab berdi.

“Prezident Putinning kecha karbonat angidrid gazini yo‘q qilish bo‘yicha xalqaro hamkorlikka chaqirgani meni juda ruhlantirdi. AQSH bu harakatlar ustida Rossiya va boshqa mamlakatlar bilan ishlashni orziqib kutmoqda”, deydi Amerika Prezidenti. 

Baydenning ta’kidlashicha, AQSH va Rossiya ikki o‘rtadagi kelishmovchiliklarga qaramay, barcha davlatlar manfaati uchun iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashda samarali hamkorlik qilishi mumkin.

“Bizda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan kelishmovchiliklar mavjud. U bilan o‘rtamizda katta kelishmovchiliklar bo‘lishiga qaramay, ikki yirik davlat o‘zaro hamkorlik qilishi mumkin va bu hammaga foyda keltiradi”, deydi u.

Bayden, shuningdek, toza energiyaga o‘tish, amaldagi iqtisodiy modellarni shunga muvofiq ravishda qayta qurish maqsadida keng ko‘lamli va faol ishlarni boshlash tarafdori ekanini ma’lum qilgan. 

“O‘z farzandlarimiz va nabiralarimiz uchun yanada yaxshi iqtisodiyotni barpo etish vaqti keldi, shunda hammamiz nafaqat hozir, balki kelajakda ham gullab-yashnay olamiz”, deydi Oq uy rahbari.

Bayden sammitda qatnashgan boshqa ishtirokchilarga ham minnatdorlik bildirib, ushbu sammit noyabr oyida Glazgoda o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan Birlashgan Millatlar Tashkilotining konferensiyasiga ulanishini ta’kidlagan. 

Ma’lumot o‘rnida, Putin iqlim o‘zgarishiga qarshi sammit doirasida 2050 yilgacha uglerod chiqindilarini kamaytirishga buyruq berganini aytgan. Shuningdek, u 1990 yildan beri Rossiyada ko‘plab mamlakatlarga qaraganda issiqxona gazlari chiqindilari kamaytirilganini ta’kidlagan.

“Ishonamanki, iqlimni saqlash uchun kurash, albatta, butun dunyo hamjamiyatini sa’y-harakatlarni birlashtirishga chaqiradi. Rossiya qo‘shma loyihalarning butun majmuini taklif qilishga, hatto toza texnologiyalarga, shu jumladan bizning mamlakatimizga sarmoya kiritmoqchi bo‘lgan xorijiy kompaniyalar uchun ham imtiyozlar berish imkoniyatini ko‘rib chiqishga tayyor”, degan edi Putin.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

761

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing