AQSHdan yangi sanksiyalar. Bu gal ro‘yxatda Putinning farzandlari ham bor

Olam

image

Amerika Qo‘shma Shtatlari Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning voyaga yetgan farzandlari, Rossiya Bosh vaziri Mixail Mishustin va Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedevga nisbatan sanksiyalar joriy qilmoqda. Bu haqda AQSH ma’muriyati tomonidan tarqatilgan Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarga oid tushuntirish hujjatiga aytilgan.

“Rossiya elitasi a’zolari va ularning oila a’zolariga qarshi to‘liq blokirovka qiluvchi sanksiyalar, shu jumladan, Rossiya Xavfsizlik kengashi a’zolari, jumladan, Rossiyaning sobiq prezidenti va Bosh vaziri Dmitriy Medvedev hamda Bosh vazir Mixail Mishustinga qarshi sanksiyalar joriy etildi”, deyiladi xabarda.

Sanksiyalar ro‘yxatiga Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning voyaga yetgan farzandlari hamda Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning rafiqasi va qizi ham kiritilgan.

“Bu shaxslar rus xalqi hisobiga boyib ketdi. Ulardan ba’zilari Putinning Ukraina bilan urushini qo‘llab-quvvatlash uchun javobgardir”, deyiladi AQSH ma’muriyati bayonotida. 

Sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilgan shaxslar AQSH moliya tizimidan butunlay uziladi va Qo‘shma Shtatlardagi aktivlari muzlatiladi. AQSH rasmiylari agar Ukraina atrofidagi vaziyat ijobiy tomonga o‘zgarsa, Rossiyaga qarshi sanksiyalarni yumshatishlari mumkinligini aytdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

243

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing