AQSH Putindan Lukashenkoga bosim o‘tkazishni so‘radi
Olam
−
16 noyabr 2021
6654AQSH Belarusga qarshi yangi sanksiyalar bo‘yicha Yevropa Ittifoqi bilan yaqin hamkorlikda ishlamoqda va Rossiyani Prezident Aleksandr Lukashenkoga ta’sir o‘tkazishga chaqirmoqda. Bu haqda Oq uy Matbuot kotibi Jen Psaki ma’lum qildi.
“Biz Lukashenko rejimini davom etayotgan hujum uchun javobgarlikka tortish maqsadida Yevropa Ittifoqidagi hamkorlarimiz va boshqa ittifoqchilarimiz bilan yaqindan ishlashda davom etamiz. Bunga keyingi sanksiyalarni tayyorlash kiradi”, degan u.
AQSH va Yevropa Ittifoqi Belarus hukumatini Yaqin Sharqdan minglab qochqinlarni Yevropaga olib kirishda ayblamoqda.
Psaki AQSH Belarus va Polsha chegarasidagi migratsiya inqirozi uchun Rossiya rahbariyatini mas’ul deb hisoblashi yoki
unday emasligini aytishdan bosh tortgan.
“Biz Rossiyani Lukashenko rejimiga ta’sir o‘tkazishga chaqirishda davom etamiz”, degan Psaki.
So‘nggi paytlarda Litva, Latviya va Polsha Belarus bilan chegarada Yaqin Sharq va Afrikadan hibsga olingan noqonuniy muhojirlar sonining ko‘payishi haqida xabar berdi, Minsk migratsiya inqirozini yaratishda ayblandi. Minsk barcha ayblovlarni rad etdi. Vaziyat munosabati bilan Polsha Prezidenti Belarus bilan chegaradosh hududlarda favqulodda holat joriy qildi, chegarani himoya qilishga armiya va politsiya jalb qilindi.
Belarus chegarachilari Litva, Polsha va Latviya tomonidan muhojirlarni Belarus hududiga majburan chiqarib yuborish haqida bir necha bor bayonot bergan. O‘tgan haftada Belarusning Polsha bilan chegarasi yaqinida 2 mingga yaqin kishidan iborat qochqinlar lageri tashkil etildi.
LiveBarchasi