AQSH prezidentligiga nomzod Ukrainaga yordam berishga qarshi chiqdi
Olam
−
26 fevral 2023 22392 1 daqiqa
AQSH prezidentligiga respublikachilar partiyasidan nomzod Vivek Ramasvami mamlakat Xitoy bilan mojaroga tayyorgarlik ko‘rish uchun Ukrainaga yordamni qisqartirishi kerakligini ma’lum qildi. Bu haqda uning Twitter'dagi sahifasida keltirilgan.
"Ukrainaga yordam berish orqali biz kuchliroq ko‘rinamiz deb o‘ylaymiz, lekin aslida Xitoyga qarshi kuchsizlanyapmiz", deydi Ramasvami.
Nomzodning fikricha, Ukraina mojarosini cho‘zish Xitoy uchun foydali, chunki bu AQSH harbiy salohiyatini yo‘qotadi va shu tariqa Oq uyning Tayvanni qo‘llab-quvvatlashiga ta’sir qiladi.
Ma’lumot o‘rnida, respublikachi joriy yilning 22 fevral kuni 2024 yilda bo‘lib o‘tadigan AQSH prezidentlik saylovlarida ishtirok etish niyatida ekanini ma’lum qildi. U AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp va AQSHning BMTdagi sobiq doimiy vakili Nikki Xeyli bilan birga prezidentlikka uchinchi nomzod bo‘ldi.
Ramasvami Roivant Sciences biofarmatsevtika kompaniyasi asoschisi hamda Strive Asset Management investitsiya fondining ijrochi raisi hisoblanadi.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust