AQSH Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Navro‘z bilan tabrikladi

Olam

image

Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Tramp O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Navro‘z bayrami bilan muborakbod etib, unga tabriknoma yo‘lladi.

"O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

Muhtaram Prezident Janoblari!

Navro‘z Siz va O‘zbekiston xalqiga shodlik va farovonlik olib kelishini tilayman. Navro‘z tinchlik va yangilanish ramzi bo‘lmish o‘ziga xos bayramdir. Ushbu ayyom, ayniqsa, joriy yilda katta ahamiyatga ega, chunki mamlakatlarimiz Afg‘onistonda tinchlik va barqarorlikni ta’minlash yo‘lida muvaffaqiyatli hamkorlik qilmoqda.

Siz amalga oshirayotgan keng ko‘lamli islohotlar dasturi ro‘yobga chiqayotganini ko‘rish menga mamnuniyat bag‘ishlaydi. Yanada yuksak ravnaq sari shu yo‘ldan harakat qilar ekansiz, Qo‘shma Shtatlar Siz va O‘zbekiston xalqining qat’iy va o‘zgarmas sherigi bo‘lib qoladi. 

Navro‘z muborak!

Hurmat bilan,

Donald J. Tramp,
Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti"


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

47

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing