AQSH Pekin Olimpiadasini boykot qilmoqchi – OAV
Olam
−
16 noyabr 2021
5827AQSH Prezidenti Jo Bayden ma’muriyati 2022 yilda Pekinda bo‘lib o‘tadigan Qishki Olimpiada o‘yinlariga diplomatik boykot e’lon qilmoqchi. Bu haqda “The Washington Post” xabar berdi.
Nashrning yozishicha, texnik qaror hali yakuniga yetmagan, biroq bu borada Amerika yetakchisiga tegishli tavsiyalar berilgan. Nashrning ma’muriyatdagi manbalariga ko‘ra, boykot joriy yilning noyabr oyi oxirigacha qabul qilinadi.
Agar boykot e’lon qilinsa, Prezident va boshqa Vashington rasmiylari Xitoy poytaxtida bo‘lib o‘tadigan Olimpiya o‘yinlariga bormaydi. Ushbu chora Baydenning Xitoy yetakchisi Si Szinp bilan bugun, 16 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan onlayn uchrashuviga aloqador emasligi qayd etilgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning may oyida Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi xalqaro hamjamiyatni Xitoy Olimpiya o‘yinlariga diplomatik boykot e’lon qilishga chaqirgan edi. Uning fikricha, diplomatik boykot doirasida dunyoning yetakchi davlatlari rahbarlari Xitoyda bo‘lib o‘tadigan Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etishdan bosh tortishi kerak.
Ma’lumot uchun, boykot siyosiy va iqtisodiy kurash shakli bo‘lib, biror narsaga norozilik belgisi sifatida jismoniy shaxs, tashkilot, korxona yoki davlat bilan munosabatlarni to‘liq yoki qisman tugatish, masalan, ishga yollash, ushbu korxona mahsulotlarini sotib olish yoki biror bir narsada qatnashishni to‘xtatishni o‘z ichiga oladi.
LiveBarchasi