AQSH Norovdan diniy sohadagi hujjatlarni xalqaro standartlarga muvofiqlashtirishni so‘radi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov Amerika Qo‘shma Shtatlarining Xalqaro diniy erkinlik sohasidagi maxsus topshiriqlari bo‘yicha elchisi Rashad Husayn bilan uchrashuv o‘tkazdi. 

Amerika tomoniga O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar, jumladan, fuqarolarning diniy huquq va erkinliklarini himoya qilish borasida olib borilayotgan ishlar haqida ma’limotlar berilgan. Diniy erkinlikni ta’minlash, fuqarolar uchun diniy rasm-rusmlarni ado etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ularning qonuniy huquq va erkinliklarini himoya qilish Yangi O‘zbekiston Taraqqiyot rivojlantirish strategiyasining muhim qismi ekani ta’kidlangan. 

“Rashad Husayn O‘zbekistonda fuqarolarning din sohasidagi huquq va manfaatlarini ta’minlash, bu boradagi milliy qonunchilik va huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish, mamlakatda dinlararo o‘zaro anglashuv muhitini mustahkamlash, fuqarolik jamiyati institutlarini, shu jumladan diniy tashkilotlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ko‘rilayotgan tizimli chora-tadbirlar natijalarini olqishladi”, deyiladi TIV rasmiy bayonotida.  

Amerika tomoni, shuningdek, diniy rasm-rusmlarni ado etish va dindorlarning o‘z e’tiqodlarini ifoda etishlari uchun yanada kengroq sharoitlar yaratish radikal qarshi kurashga yordam berishini ta’kidlagan. Husayn ushbu sohadagi islohotlar, shu jumladan, qonun hujjatlarini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirishga qaratilgan sa’y-harakatlar davom etishiga ishonch bildirgan. 

Uchrashuv yakunida tomonlar diniy erkinlikni himoya qilish sohasida hamkorlikni mustahkamlash uchun muntazam ravishda amaliy muloqot olib borishga kelishib olgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

103

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing