AQSH mustaqillik bayramida latviyalik hokkeychi pirotexnika sabab vafot etdi

Sport

image
0:00
0:00
download

Joriy yilning 4 iyul kuni Milliy xokkey ligasi klubi — “Kolumbus” va Latviya terma jamoasi darvozaboni 24 yoshli Matiss Kivleniyeks vafot etdi. “Delfi” nashrining xabariga ko‘ra, voqea pirotexnika  vositasi bilan ehtiyotsizlik tufayli sodir bo‘lgan.

Nashrning qayd etishicha, darvozabon jamoadoshlari bilan birgalikda AQSH mustaqilligi kuni munosabati bilan o‘tkazilgan bayram tadbirlarida qatnashgan. Unda pirotexnika qobig‘i Kivleniyeksning ko‘kragiga urilib, to‘satdan uning o‘limiga olib kelgan.

Shu bilan birga, “Kolumbus” klubi Matbuot xizmati xokkeychining o‘limiga yiqilish paytida boshidan olingan jarohat ham sabab bo‘lganini ta’kidlamoqda.

“Biz Matiss Kivleniyeksnining o‘limidan hayratda qoldik va qayg‘uga tushdik. Uning onasi Astrida, shuningdek, oilasi va do‘stlariga chuqur hamdardligimizni bildiramiz. Kivi xushchaqchaq yigit edi, u har kuni barchani tabassum bilan kutib olardi va to‘rt yil davomida biz bilan o‘tkazgan kunlari hech qachon unutilmaydi”, dedi jamoa prezidenti Jon Devidson.

“Kolumbus” bilan 2017 yil may oyida erkin agent sifatida shartnoma imzolagan Kivleniyeks MXLdagi debyutini 2020 yil 19 yanvarda “Madison Square Garden”da o‘tkazgan. “Nyu-York Reynjers” 2:1 hisobida mag‘lub etlgan bahsda 32 ta zarbani bartaraf etgan. 

Avvalroq AQSH mustaqillik bayrami kuni 150 kishi vafot etgani to‘g‘risida xabar berilgan edi.

Humoyun Oripov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

73

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing