AQSH xotin-qizlar kuni munosabati bilan Eron rasmiylariga yana sanksiya kiritdi
Olam
−
08 mart 2023
3392Amerika Qo‘shma Shtatlari bugun, 8 mart kuni Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan ayollar va qizlarga nisbatan inson huquqlarini jiddiy poymol qilganlikda aybdor bo‘lgan Eronning ikki yuqori martabali qamoqxona mulozimiga nisbatan sanksiyalar joriy qilganini ma’lum qildi.
Shuningdek, AQSH G‘aznachilik departamenti o‘z bayonotida Eron armiyasi oliy qo‘mondoni, Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusining yuqori mansabdor shaxsi hamda huquq-tartibot idoralari tomonidan repressiyaga yo‘l qo‘ygan Eronning uchta kompaniyasi va ularning rahbarlariga nisbatan ham sanksiyalar qo‘yganini e’lon qildi.
“Qo‘shma Shtatlar hamkorlarimiz va ittifoqchilarimiz bilan birga ayollarga ikkinchi darajali fuqarolar sifatida qaraydigan va har qanday yo‘l bilan ularning ovozini bostirishga urinayotgan shafqatsiz tuzumga qarshi asosiy erkinliklarni himoya qiluvchi Eron ayollari bilan birga”, deydi AQSH G‘aznachilik kotibining terrorizm va moliyaviy razvedka bo‘yicha o‘rinbosari Brayn Nelson o‘z bayonotida.
AQSH G‘aznachilik departamenti o‘z harakatlarini 2022 sentyabr oyida Mahsa Aminining o‘limidan so‘ng avj olgan namoyishlarining davlat tomonidan bostirilishidan keyin Eron rasmiylariga qarshi kiritilgan sanksiyalarning 10-bosqichi sifatida ta’riflagan.
LiveBarchasi