AQSH Xitoydagi Olimpiadani boykot qilmoqchi

Sport

image
0:00
0:00
download

Amerika Qo‘shma Shtatlari chet ellik ittifoqchilari va sheriklari bilan Xitoyda bo‘lib o‘tadigan qishki Olimpiya o‘yinlarini boykot qilishni muhokama qilmoqchi. Bu haqda AQSH Davlat departamenti Matbuot xizmati rahbari Ned Prays ma’lum qildi.

Jurnalistlar matbuot kotibidan brifing davomida Vashington Xitoyda bo‘lib o‘tadigan Olimpiadani “birgalikda boykot qilish” g‘oyasini ko‘rib chiqyaptimi yoki yo‘q, deya so‘ragan.

“Biz, albatta, buni muhokama qilmoqchimiz. Va, albatta, biz kelishilgan yondashuv nafaqat bizning manfaatlarimizga, balki ittifoqchilarimiz va sheriklarimiz manfaatlariga ham javob berishini tushunamiz”, deya javob berdi Prays.

Unga ko‘ra, ushbu masala kun tartibida. Qo‘shma Shtatlar bu bo‘yicha ittifoqchilar bilan “yaqin maslahatlashuvlar” o‘tkazadi. Shuningdek, u Pekin turli xil jiddiy inson huquqlari buzilishlarda javobgar ekanini ta’kidlagan.

Ma’lumot uchun, Pekin shahridagi qishki Olimpiya o‘yinlari 2022 yil 4-20 fevral kunlari bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

128

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing