AQSH Xitoy bilan harbiy to‘qnashuvga tayyor emas – WSJ

Olam

image

Amerika Qo‘shma Shtatlari hozirgi holatida Xitoy bilan harbiy to‘qnash kelgan taqdirda g‘alaba qozona olmaydi. Bu haqda kecha, 16 oktyabr  kuni “The Wall Street Journal” Vashingtondagi Strategik va xalqaro tadqiqotlar markazi (SSIS) hisob-kitoblariga asoslanib, xabar berdi.

SSIS ekspertlarining fikriga ko‘ra, Ukraina atrofidagi vaziyat Amerika harbiy-sanoat kompleksining muammolarini, xususan, uning sustligi va ishlab chiqarishni ko‘paytirishdagi qiyinchiliklarini ko‘rsatib berdi, buning natijasida AQSH armiyasi yaqin orada zarur qurollar borasida mintaqaviy mojaroga duchor bo‘ladi. SSIS mutaxassislari tomonidan tuzilgan Tayvan bo‘g‘ozidagi AQSH-Xitoy urushining yigirmaga yaqin ssenariylarida AQSH bir hafta ichida o‘zining barcha "havo-yer" tipidagi raketalari hamda uzoq masofali kemaga qarshi raketalarini ishlatib yuborgan.

Manbaning qayd etishicha, AQSH harbiy-sanoat kompaniyalarining moliyaviy xavflar tufayli Pentagon bilan o‘q-dorilar ishlab chiqarish bo‘yicha uzoq muddatli shartnomalar tuzishni istamasligi muammoning bir qismidir. Bundan tashqari, yetkazib berish zanjirlari, turli materiallar va butlovchi qismlar borasida, xususan, Xitoy monopoliyasi hisoblangan noyob tuproq metallari, shuningdek, alyuminiy, titan va mikroelektronika bilan bog‘liq muammolar mavjud.

“Patriot” zenit-raketa komplekslari yoki Tomahawk qanotli raketalari kabi texnik tizimlarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish yillab vaqt olishi  mumkin.

“Ayrim turdagi raketalar va tizimlarni ishlab chiqarish taxminan ikki yil davom etishi mumkin. Bu faqat birinchi raketalarni yetkazib berish sanalari", deydi tadqiqot mualliflari.

Ma’lumot o‘rnida, Tayvan 1949 yilda Chan Kayshi  (1887-1975) boshchiligidagi gomindan qo‘shinlarining qoldiqlari Xitoy fuqarolar urushida mag‘lub bo‘lib, orolga qochib ketganidan beri o‘z ma’muriyati tomonidan boshqariladi. O‘shandan beri Tayvan kommunistlar hokimiyatga kelishidan oldin materikda mavjud bo‘lgan sobiq Xitoy Respublikasi bayrog‘i va boshqa atributlarini saqlab qoldi. XXRning aksariyat davlatlar tomonidan qo‘llab-quvvatlangan rasmiy pozitsiyasiga ko‘ra, orol Xitoy provinsiyalaridan biri hisoblanadi.

Qo‘shma Shtatlar 1979 yilda Tayvan bilan diplomatik aloqalarni uzib, XXR bilan yaqinlashdi. Vashington “yagona Xitoy” siyosatini tan olish bilan birga, ayni paytda Taybey ma’muriyati bilan aloqalarni davom ettirmoqda va orolga qurol yetkazib bermoqda. 2-3 avgust kunlari AQSH Kongressi Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosining orolga tashrifi ortidan Tayvan bo‘g‘ozi mintaqasidagi keskinlik jiddiy ravishda avj oldi, bu esa Pekinning keskin tanqidiga sabab bo‘ldi.

Musulmon Ziyo


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

424

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing