AQSH xavfsizlik kuchlari 4 nafar o‘zbekistonlikni qo‘lga oldi

Olam

image

Amerika Qo‘shma Shtatlari chegarasini noqonuniy kesib o‘tayotgan 4 nafar o‘zbekistonlik qo‘lga olindi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Matbuot xizmati xabar berdi. 

Qayd etilishicha, AQSHning Arizona shtatida to‘rt nafar o‘zbekistonlik Meksikadan noqonuniy ravishda chegarani kesib o‘tayotgan vaqtda Amerika xavfsizlik kuchlari tomonidan qo‘lga olingan.

Xabarga ko‘ra, ular Turkiyadan Meksikaga va ushbu davlatdan Amerika Qo‘shma Shtatlarining Nyu-York hamda Filadelfiya shaharlariga borish maqsadida bo‘lgan.

Turli ma’lumotlarga ko‘ra, AQSHda 80 mingdan ortiq O‘zbekiston fuqarosi bor. AQSHga borayotgan o‘zbekistonliklarning ko‘pchiligi yirik transport sohasida ishlamoqda va yaxshigina daromad qilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1979

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing