AQSH xalqaro barqarorlik arxitekturasini buzdi – Volodin

Olam

image

Qo‘shma Shtatlar o‘z majburiyatlarini bajarishni to‘xtatib, Rossiyaning global xavfsizlik masalalari bo‘yicha takliflarini rad etib, xalqaro barqarorlik arxitekturasini buzdi. Bu haqda bugun, 22 fevral kuni Davlat dumasi spikeri Vyacheslav Volodin ma’lum qildi. 

“Mamlakatimiz va fuqarolarimiz xavfsizligi masalalarida Rossiya bilan ultimatum tilida gaplashishga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. 

“Bugun Davlat dumasi Vladimir Vladimirovich Putinning “Rossiya Federatsiyasi tomonidan Rossiya va AQSH o‘rtasida strategik hujum qurollarini yanada qisqartirish va cheklash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi shartnomani to‘xtatib turish to‘g‘risida”gi tashabbusini ko‘rib chiqadi. AQSH o‘z majburiyatlarini bajarishni to‘xtatib, mamlakatimizning global xavfsizlik masalalari bo‘yicha takliflarini rad etib, xalqaro barqarorlik arxitekturasini yo‘q qildi”, deb yozdi u o‘zining Telegram-kanalida.

Volodin ta’kidlaganidek, hozirgi vaziyat Vashingtonning tashqi siyosati natijasidir.  

“AQSH Kongressi a’zolari Bayden aybi bilan yuzaga kelgan vaziyatni, shuningdek, uning yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan oqibatlarini tushunishlari kerak”, deya xulosa qildi u. 

Rossiyaning START-III (Rossiya va AQSH o‘rtasida joylashtirilgan strategik yadro qurollari arsenallarini yanada o‘zaro qisqartirish to‘g‘risidagi ikki tomonlama kelishuv)dagi ishtirokini to‘xtatish to‘g‘risidagi qarorni kecha, 21 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Federal Majlisga murojaatida e’lon qildi. Uning tushuntirishicha, o‘zgarishlar ancha kechikib qolgan: NATO tarkibida AQSHdan tashqari boshqa yadroviy kuchlar ham bor. 

“Kelishuv ustida ishlashni davom ettirishdan oldin ularning arsenallari qanday hisobga olinishini tushunish kerak”, deydi Prezident. 

Davlat Dumasiga taqdim etilgan qonun loyihasiga ko‘ra, START faoliyati to‘xtatilgan va Rossiyaning shartnomadagi ishtirokini qayta tiklash to‘g‘risidagi qarorni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti qabul qiladi. Shuningdek, qonun rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kirishi ko‘rsatilgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing