AQSH qonunchilari Rossiyani terrorizm homiysi deb tan olishga qat’iy kirishdi

Olam

image

Demokratlar va Respublikachilar partiyalaridan bo‘lgan kongressmenlar guruhi AQSH Kongressi Vakillar palatasiga Rossiyani terrorizmning homiysi deb e’lon qilish to‘g‘risidagi yangi qonun loyihasini taqdim etadi. Bu haqda “Politico” gazetasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, ushbu tashabbus AQSH Kongressi Senati tomonidan qabul qilingan Davlat departamentini Rossiya Federatsiyasini terrorizm homiylari ro‘yxatiga kiritishga chaqiruvchi rezolyutsiyadan farq qiladi. 

Nashrning yozishicha, yuqori palata rezolyutsiyasi majburiy emas edi va u faqat senatorlarning AQSH Davlat kotibi Entoni Blinkenga qilgan murojaati edi. 

Quyi palatauf ko‘rib chiqish uchun taqdim etiladigan qonun loyihasida Kongress haqiqatda Rossiya Federatsiyasini ushbu ro‘yxatga kiritish imkonini beruvchi funksiyalarni o‘z zimmasiga olishini nazarda tutadi. 

“Ushbu qonun qabul qilingan kundan boshlab Rossiya Federatsiyasi hukumati xalqaro terrorchilik harakatlarini qayta-qayta qo‘llab-quvvatlagan deb e’tirof etilgan davlat sifatida kvalifikatsiya qilinishi kerak”, deyiladi hujjat matnida. 

Agar qonun loyihasi ikkala palatada ham qabul qilinsa, u imzolash uchun AQSH Prezidenti Jo Baydenga yuboriladi.

Tashabbus mualliflaridan biri Tom Malinovski (Nyu-Jersi shtatidan demokrat) nashrga ma’lum qilishicha, kongressmenlar Davlat departamentining o‘zi Rossiyani terrorizmning homiysi sifatida tan olishi ma’qul variant deb hisoblaydi, ammo agar bu amalga oshmasa, keyin Kongressga tegishli qonun loyihasini qabul qilishga hech narsa to‘sqinlik qilmaydi. 

Aytish joizki, joriy yilning 27 iyul kuni AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken AQSH ma’muriyati Rossiyaning AQSHning terrorizmga homiylik qiluvchi davlatlar ro‘yxatiga kiritilishi ehtimolidan unchalik amaliy samara ko‘rmayotganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSH hukumati Rossiyaning ushbu ro‘yxatga kiritilishi Amerika qonunchiligiga, ya’ni avvalroq Kongressning o‘zi belgilagan mezonlarga mos keladimi yoki yo‘qligini aniqlash maqsadida ushbu masalani o‘rganishda davom etmoqda.

Rossiyani ro‘yxatga kiritishni so‘rab Kiyev Vashingtonga murojaat yo‘llagan. Xuddi shunday takliflar Kongressning bir qator a’zolari tomonidan ham bildirilgan. Rossiya Tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Mariya Zaxarova avvalroq bu tashabbuslarni “ahmoqona o‘lchov” deb atagan. Diplomat AQSHning bunday qadamlari Rossiya tomonidan javobsiz qolmasligidan ogohlantirgan.

Terrorizm homiylari ro‘yxatiga Vashington nazarida xalqaro terrorchilik harakatlarini qayta-qayta qo‘llab-quvvatlagan davlatlar kiritilishi mumkin. Amerika ma’muriyati ro‘yxatdagi shaxslarga nisbatan sanksiyalar qo‘llash nuqtai nazaridan keng vakolatlarga ega. AQSH Moliya vazirligi ushbu yuridik va jismoniy shaxslarga, shuningdek, ro‘yxatdagi mamlakatlar bilan savdo qiluvchi davlatlarga qarshi choralar ko‘rishi mumkin. 1979 yildan beri Vashington ma’muriyati o‘z ro‘yxatiga faqat oz sonli davlatlarni qo‘shgan. Ro‘yxatga hozirda Eron, Shimoliy Koreya, Kuba va Suriya kiritilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

64

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing