AQSH Qishloq xo‘jaligi vaziri tayinlandi. U Obama davrida shu lavozimda bo‘lgan
Olam
−
24 fevral 2021 2887 1 daqiqa
AQSH Kongressi Senati Tom Vilsakni mamlakatning Qishloq xo‘jaligi vaziri etib tasdiqladi. Ovoz berish jarayoni qonun chiqaruvchi hokimiyat yuqori palatasi veb-saytida translyatsiya qilingan.
Ta’kidlanganidek, uning nomzodini qo‘llab 92 nafar senator ovoz bergan, yetti kishi unga qarshi ovoz bergan.
Qayd etilishicha, yaqin orada AQSHning yangi Qishloq xo‘jaligi vaziri Vilsak qasamyod qabul qiladi.
Ma’lumot o‘rnida, Vilsak 2009 yildan 2017 yilgacha, ya’ni, Amerikaning 44-Prezidenti Barak Obama davrida ham AQSH Qishloq xo‘jaligi vaziri bo‘lgan.
Live
Barchasi