AQSH Iroq uchun 25 million dollar ajratadi

Olam

image

Amerika Qo‘shma Shtatlarining Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) Iroq uchun 25 million dollar mablag‘ ajratish rejasini e’lon qildi. Tegishli grant tavsifida ko‘rsatilganidek, bo‘lajak pudratchilarning ishi AQSH tomonidan besh yil davomida moliyalashtiriladi. Bu haqda hujjatga tayanib RT nashri xabar berdi.

“USAID homiyligidagi Iroqdagi Fuqarolik jamiyati faoliyati fuqarolar va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlar bilan muloqot qilish va ularning imkoniyatlarini kengaytirishda, fuqarolik jamiyati tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash bilan birga, fuqarolarning, ayniqsa ayollar va yoshlarning jamoat sohasidagi ishtirokini oshiradi”, deyiladi hujjatda. 

Amerikalik ekspertlarning prognozlariga ko‘ra, amalga oshirilgan sa’y-harakatlar natijasida Iroqda fuqarolik jamiyatining faol va barqaror sektorini shakllantirish kerak.

Shu bilan birga, USAID ssenariysiga ko‘ra, ko‘rib chiqilayotgan tashabbus iroqliklarning turli sohalarda, jumladan, iqlim o‘zgarishidagi ishtirokini oshirishi mumkin. 

Dastur shuningdek, mamlakatdagi fuqarolik jamiyati tashkilotlarining barqarorligi va hayotiyligini mustahkamlashga yordam beradi.

“USAID Iroq bilan yanada barqaror va demokratik davlatga aylanish jarayonida hamkorlik qilmoqda. Ushbu o‘tish yo‘lidagi muammolar davom etayotgan mojarolar, mustahkam elitalar, korrupsiya madaniyati, fuqarolik jamiyati tashkilotlari Iroq xalqi va hukumati o‘rtasidagi vositachilik rolini bajarishda boshdan kechirgan qiyinchiliklar bo‘ldi”, deya izohlagan agentlik.

Avvalroq AQSH Davlat departamenti Suriya shimoli-sharqida, shuningdek, Halab shimolidagi ayrim hududlarda barqarorlikni ta’minlash uchun 12 million dollargacha mablag‘ ajratish niyatida ekani haqida xabar berilgandi.

Sohiba Komilovna


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

11

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing